0%
UZ
+998 (78) 120-37-37

O‘rik nektari

Сочная Долина O‘rik nektari — har bir qultumda pishgan o‘riklarning quyoshdek yorqin shirinligi! Yilning istalgan faslida mevalarning mayin ta’mi va yozning yoqimli iforidan bahramand bo‘ling.

https://naturaljuice.uz/wp-content/uploads/2025/09/abrikos-520x520-1.png
https://naturaljuice.uz/wp-content/uploads/2025/09/Frame-108.png
https://naturaljuice.uz/wp-content/uploads/2025/09/Frame-109.png
https://naturaljuice.uz/wp-content/uploads/2025/09/абрикос.svg

O‘rik nektari

O‘rik nektari O‘zbekistonda yetishtirilgan saralangan o‘riklardan tayyorlangan bo‘lib, pishgan mevalarning mayin shirinligi va yengil nordonligi bilan ajralib turadi. Uning ta’mi haddan tashqari shirin emas. Ichimlik oson ichiladi va og‘izda nozik, yoqimli ta’m qoldiradi. Tarkibida konservantlar va bo‘yoqlar mavjud emas.

Qadoq ochilgandan so‘ng muzlatkichda saqlang va 24 soat ichida iste’mol qiling.

https://naturaljuice.uz/wp-content/uploads/2025/09/abrikos-550x550-1.png
https://naturaljuice.uz/wp-content/uploads/2025/09/Frame-109.png
https://naturaljuice.uz/wp-content/uploads/2025/09/Frame-108.png
Hajm:
1000 ml

Sharbat tarkibi

Meva mag‘zi bilan, sterilizatsiya qilingan, gomogenizatsiyalangan.

Tarkibi: konsentrlangan o‘rik pyuresi, shakar, kislotalilikni tartibga soluvchi modda — limon kislotasi, ichimlik suvi. Meva sharbati (pyuresi)ning hajmiy ulushi — kamida 40%.

100 g nektarning ozuqaviy qiymati (o‘rtacha ko‘rsatkichlar): yog‘lar — 0 g, oqsillar — 0 g, uglevodlar — 12 g, shu jumladan shakar — 7 g; energetik qiymati — 48 kkal (200 kJ).

Saqlash sharoitlari: 0°C dan +25°C gacha bo‘lgan haroratda, nisbiy namlik 75% dan oshmagan sharoitda saqlansin. Qadoq ochilgandan so‘ng muzlatkichda 1 sutkadan ortiq saqlamang. Iste’mol qilishdan oldin chayqating.

Ishlab chiqaruvchi: “Natural Juice” AJ, 100033, Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltintopgan ko‘chasi, 18-uy, tel.: +998-78-120-37-37, 120-37-38.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddati qadoqning yuqori qismida ko‘rsatilgan.

Bir stakan sharbatda (100 ml)
  • 0 g Yog‘lar
  • 0 g Oqsillar
  • 12 g Uglevodlar
  • 48 kkal
https://naturaljuice.uz/wp-content/uploads/2025/09/abrikos-550x550-1.png