Сочная Долина Shaftoli nektari — har bir qultumda pishgan, shirali shaftolilarning mayin ta’mi! Kunning istalgan vaqtida baxmaldek yumshoq shirinlikdan bahramand bo‘ling va quyoshli kayfiyatni his eting.
Shaftoli nektari



Shaftoli nektari
Shaftoli nektari butun dunyoga mashhur o‘zbek shaftolilari va olmalarining shirali, baxmaldek mayin ta’mini o‘zida mujassam etgan. Nektar mag‘zi C vitaminiga boy bo‘lib, ovqat hazm qilish uchun foydali bo‘lgan ko‘p miqdordagi oziq tolalarini ham o‘z ichiga oladi. Tarkibida konservantlar va bo‘yoqlar mavjud emas.
Qadoq ochilgandan so‘ng muzlatkichda saqlang va 24 soat ichida iste’mol qiling.



Sharbat tarkibi
Meva mag‘zi bilan, sterilizatsiya qilingan, gomogenizatsiyalangan.
Tarkibi: konsentrlangan shaftoli va olma pyuresi, shakar, kislotalilikni tartibga soluvchi modda — limon kislotasi, ichimlik suvi. Meva sharbati (pyuresi)ning hajmiy ulushi — kamida 40%.
100 g nektarning ozuqaviy qiymati (o‘rtacha ko‘rsatkichlar): yog‘lar — 0 g, oqsillar — 0 g, uglevodlar — 12 g, shu jumladan shakar — 8 g; energetik qiymati — 48 kkal (200 kJ).
Saqlash sharoitlari: 0°C dan +25°C gacha bo‘lgan haroratda, nisbiy namlik 75% dan oshmagan sharoitda saqlansin. Qadoq ochilgandan so‘ng muzlatkichda 1 sutkadan ortiq saqlamang. Iste’mol qilishdan oldin chayqating.
Ishlab chiqaruvchi: “Natural Juice” AJ, 100033, Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltintopgan ko‘chasi, 18-uy, tel.: +998-78-120-37-37, 120-37-38.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddati qadoqning yuqori qismida ko‘rsatilgan.
- 0 g Yog‘lar
- 12 g Uglevodlar
- 48 kkal
















