Сочная Долина Anor nektari — pishgan anorning boy ta’mi, nafis taxirligi va yoqimli nordonligi uyg‘unligi! Uning yorqin mevali ifori va tetiklantiruvchi shirinligi har bir qultumda haqiqiy zavq bag‘ishlaydi.
Anor nektari




Anor nektari
Сочная Долина Anor nektari — boy va o‘ziga xos mevali ta’mlarni qadrlovchilar uchun haqiqiy lazzat! Shirali anorlardan tayyorlangan ushbu nektar mevalarning boy shirinligi, yengil tetiklantiruvchi nordonligi va o‘ziga xos nafis taxirligini uyg‘unlashtirib, bu ajoyib mevaning betakror ta’mini to‘liq namoyon etadi.
Har bir qultum yorqin mevali ifor va yoqimli, biroz taxir ta’m qoldirib, quyosh nurlariga burkangan bog‘larda pishib yetilayotgan shirali, yoqutdek qizil anorlarni eslatadi.
Anor nektari ajoyib tarzda tetiklantiradi, sevimli taomlaringizga ajoyib qo‘shimcha bo‘ladi va kunning istalgan vaqtida zavq bag‘ishlaydi. Yil davomida Сочная Долина bilan birga pishgan anorning boy va betakror ta’midan bahramand bo‘ling!




Sterillangan. Tarkibi: konsentrlangan anor sharbati, shakar (9,0%) [yoki shakar (3,0%) va glyukoza-fruktoza siropi (6,0%)], kislotalilik regulyatori — limon kislotasi, ichimlik suvi. Ishlatilgan ingredientning harf kodi — ishlab chiqarilgan sananing yoniga qarang. Meva sharbati (pyuresining) hajmli ulushi 25% dan kam emas. 100 g nektarning ozuqaviylik qiymati (oʻrtacha koʻrsatkichlar): uglerodlar — 12,0 g, oqsillar — 0 g, yogʻlar — 0 g; energetik qiymati — 48,0 kkal (200 kJ). Saqlash shartlari: harorat 0°C dan +25°C gacha, nisbiy namlik 75% dan oshmaydigan joyda. Qadoqni ochgandan soʻng, sovutgichda 1 kundan ortiq boʻlmagan muddatda saqlang. Isteʻmol qilishdan oldin chayqating. Ishlab chiqaruvchi: “Natural Juice” AJ, 100033, Toshkent sh., Bektemir tumani, Oltintopgan koʻch., 18, tel.: +998-78-120-37-37, 120-37-38. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarilgan sana va amal qilish muddati — iltimos, qutining bosh qismida koʻring.
- 12 g Uglevodlar
- 0 g Oqsillar
- 0 g Yog‘lar
- 48 kkal

















