Natural Juice kompaniyasining O‘zbekistondagi tarixi 20 yildan ortiqroq davrni tashkil etadi, kompaniya brendlari esa mamlakat sharbat va ichimliklar bozorida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Mahsulotimizning sifati va mazasi qatʼiy ishlab chiqarish standartlariga rioya etish, dunyodagi eng yaxshi ishlab chiqaruvchilarning yuqori texnologiyali uskunalardan foydalanish hamda boy tajribaga ega bo‘lgan professionallar jamoasining fidokorona mehnatining natijasidir. Biz sharbat va nektarlarni aseptik karton qadoqda, shuningdek, sharbat tarkibli ichimliklar va sovuq choylarni PET qadoqda aseptik usulda qadoqlab ishlab chiqaramiz. Kompaniyamiz yuqori sifatli mahsulotlar yaratadi va muvaffaqiyatli biznesni rivojlantiradi, mahsulotimizni nafaqat butun O‘zbekiston bo‘ylab, balki uning tashqarisidagi davlatlarga ham yetkazib beradi.
Natural Juice kompaniyasi haqida
SINCE 2004
Bizning falsafamiz
Bizning falsafamiz – isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchi manfaatlarining o‘zaro uyg‘unligidir. Mahsulot isteʼmolchi uchun mazali, foydali va hamyonbop, ishlab chiqaruvchi uchun esa manfaatli bo‘lishi kerak.

Bizning missiyamiz
Sevimli O‘zbekistonimiz ravnaqi yo‘lida, barcha avlodlar uchun foydali va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish orqali, imkon qadar ko‘proq insonlarga salomatlik keltirishdan iborat.

Bizning qadriyatlarimiz
Bizning qadriyatlarimiz – bu bizning daromadimiz, halolligimiz va g‘amxo‘rligimizdir. Biz har bir ingrediyenti va har bir yechimi isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchiga bo‘lgan hurmat hissi bilan yo‘g‘rilgan mahsulot yaratishga harakat qilamiz.

Bizning ishlab chiqarishimiz
Natural Juice mahsulotlari bilan to'liq tanishib chiqing
Natural Juice’ning tabiiy sharbatlari va ichimliklarining keng tanlovini kashf eting — har bir ta’m sizning sog‘lig‘ingiz va zavqingiz uchun g‘amxo‘rlik bilan yaratilgan. Sifat, yangilik va haqiqiy mevalarni o‘zida mujassam etgan sharbat va ichimliklarni sinab ko‘ring.

Siz bilan hamkorlik qilishni orziqib kutamiz!
Biz yangi hamkorlikka ochiqmiz. Agar mutaxassislarimiz bilan bog‘lanmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, aloqa varag'ini to‘ldiring.

Bizning tariximiz

Новости
Yangiliklar
Siz bilan hamkorlik qilishni orziqib kutamiz!
Iltimos, aloqa ma’lumotlaringizni qoldiring, Natural Juice menejeri siz bilan bog‘lanib, kompaniyamiz mahsulotlarini ulgurji yetkazib berish yoki hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.










