Sochnaya Dolina — 20 yildan ortiq vaqt davomida millionlab o‘zbekistonliklar ishonchini qozongan, sharbatlar toifasidagi eng taniqli va eng ko‘p iste’mol qilinadigan brendlardan biridir. O‘zbekistonda sotiladigan har uchinchi sharbat qadoqlari Sochnaya Dolina brendi ostida ishlab chiqariladi. Biz butun oila uchun tabiiy, mazali, konservantlar va bo‘yoqlarsiz sharbat hamda nektarlar ishlab chiqarmoqdamiz. Ular yangi mevalarning foydali xususiyatlarini maksimal darajada saqlab qolish uchun yumshoq qayta ishlovdan o‘tadi. Zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari sharbatlarni konservantlarsiz 12 oygacha saqlash imkonini beradi.
Сочная Долина

Pomidor sharbati
100% tabiiy sharbat bo‘lib, O‘zbekiston quyoshida toblangan, etilib pishgan pomidorlarning to‘yimli ta’miga ega. Engilgina tabiiy nordonligi bor, qo‘shimcha ta’mlar yo‘q. Engil hazm bo‘ladi, chanqoqni juda yaxshi qondiradi. Faqat o‘zini ichsangiz, maza qilasiz, ammo turli taom va kokteyllarga qo‘shsangiz ham ajoyib ta’m hosil qiladi. Konservantlar va rang qo‘shilmagan.
Ochilganidan keyin muzlatgichda saqlansin va 24 soat ichida iste’mol qilinsin.

Hajm:
1000 мл














