0%
UZ
+998 (78) 120-37-37

Сочная Долина

Sochnaya Dolina — 20 yildan ortiq vaqt davomida millionlab o‘zbekistonliklar ishonchini qozongan, sharbatlar toifasidagi eng taniqli va eng ko‘p iste’mol qilinadigan brendlardan biridir. O‘zbekistonda sotiladigan har uchinchi sharbat qadoqlari Sochnaya Dolina brendi ostida ishlab chiqariladi. Biz butun oila uchun tabiiy, mazali, konservantlar va bo‘yoqlarsiz sharbat hamda nektarlar ishlab chiqarmoqdamiz. Ular yangi mevalarning foydali xususiyatlarini maksimal darajada saqlab qolish uchun yumshoq qayta ishlovdan o‘tadi. Zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari sharbatlarni konservantlarsiz 12 oygacha saqlash imkonini beradi.

https://naturaljuice.uz/wp-content/uploads/2025/09/сочная-долина-внутренняя.png

Olma-banan Nektari

Tropik meva va O‘zbekistonning sara olmalaridan tayyorlangan, engil teksturali ta’mlar uyg‘unligi. Mazasi oddiy va tanish, shakari ham me’yorda, ta’bga tegadigan darajada emas. Banan pyuresi sharbatning asosi, kaliy va ozuqaviy tolalarga boy, bu ovqat hazm qilish tizimining yaxshi ishlashiga yordam beradi. Konservantlar va rang qo‘shilmagan.

Ochilganidan keyin muzlatgichda saqlansin va 24 soat ichida iste’mol qilinsin.

https://naturaljuice.uz/wp-content/uploads/2025/09/Банан-455x1024.png
Hajm:
1000 мл