0%
UZ
+998 (78) 120-37-37
29.06.2026

MUZY brendi Garant bank bilan hamkorlikda bolalar uchun xayriya aksiyasini qo‘llab-quvvatladi

Natural Juice kompaniyasining MUZY brendi Garant bank bilan hamkorlikda tashkil etilgan bolalar uchun xayriya aksiyasining bir qismiga aylandi. Tadbir bolalar va ularning oilalarini birlashtirib, ishtirokchilarga quvonch, o‘yinlar va ijobiy taassurotlarga boy yorqin bayramni tuhfa etdi.
Xayriya tashabbusi doirasida bolalarga «Sochnaya Dolina Kids» sharbatlari va MUZY ichimliklari sovg‘a qilindi. Mehmonlar uchun interaktiv o‘yinlar, tanlovlar, ijodiy mashg‘ulotlar va turli ko‘ngilochar maydonlarni o‘z ichiga olgan boy dastur tayyorlandi.
Tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri MUZY ichimliklari degustatsiyasi bo‘ldi. Aksiya ishtirokchilari brend mahsulotlari bilan yaqindan tanishish, turli ta’mlarni sinab ko‘rish va o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Natural Juice kompaniyasi va MUZY brendi bolalarning rivojlanishi va farovonligiga qaratilgan ijtimoiy tashabbus hamda loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi. Xayriya tadbirlarida ishtirok etish kompaniyaning ijtimoiy mas’uliyat siyosatining muhim qismidir.
Biz Garant bank’ga hamkorlik uchun hamda bolalarga quvonch, tabassum va unutilmas taassurotlar ulashadigan ezgu loyihalarni birgalikda amalga oshirish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildiramiz.