0%
UZ
+998 (78) 120-37-37
20.05.2026

Bo‘lajak mutaxassislar “Natural Juice” ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar

“Natural Juice” zavodiga Irrigatsiya instituti talabalari zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari va oziq-ovqat sanoati faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etilgan tanishtiruv ekskursiyasi doirasida tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalarga sharbat va ichimliklar ishlab chiqarish bosqichlari, sifat standartlari, texnologik jarayonlar hamda mahsulot nazorati tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi. Ekskursiya ishtirokchilari ishlab chiqarish liniyalari faoliyatini ko‘rish, zamonaviy uskunalar bilan tanishish va yirik korxonadagi ish jarayonlari haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, kompaniya vakillari sanoatdagi ish tajribasi bilan o‘rtoqlashib, innovatsiyalar, xalqaro sifat standartlariga rioya qilish hamda soha uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash muhimligi haqida so‘zlab berishdi.
Ekskursiya talabalar uchun ishlab chiqarish jarayonini amaliy jihatdan yaqindan ko‘rish, kompaniya mutaxassislariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va zamonaviy korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga aylandi.
“Natural Juice” ta’limiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etib, yoshlarni zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish madaniyati bilan tanishtirish uchun imkoniyatlar yaratmoqda.