
Сочная Долина – 20 yildan buyon o‘zbekistonliklar ishonib xarid qiladigan va sharbatlar toifasidagi eng taniqli brendlardan biridir. O‘zbekistonda sotilgan har uchinchi qadoq sharbat Сочная Долина markasi ostidagi mahsulotdir. Biz butun oila aʼzolari uchun sharbat va nektarlar – tabiiy, mazali, konservantlarsiz va rang qo‘shilmagan mahsulotlar ishlab chiqaramiz. Ularga imkoni boricha yangi uzilgan mevalarning foydali xossalarini yo‘qotmaslik uchun ehtiyotkorlik bilan ishlov beriladi. Ishlab chiqarishdagi zamonaviy asbob-uskunalar sharbatlarni konservantlarsiz 12 oy davomida saqlash imkonini beradi.













