Sochnaya Dolina bolalar uchun mo‘ljallangan sharbat va nektarlar liniyasi faqat tabiiy mevalardan tayyorlanadi hamda ta’m va foydali moddalarni saqlab qoluvchi zamonaviy qayta ishlash texnologiyalaridan foydalaniladi. Konservantlar, bo‘yoqlar va lazzat beruvchilar qo‘shilmagan. Mahsulotlar rasmiy sertifikatdan o‘tgan va uch yoshdan oshgan bolalar uchun to‘liq xavfsizdir.
Сочная Долина Kids

Olma-banan sharbati
Bolalar bananni juda yoqtiradi, ayniqsa uning sharbatiga O‘zbekistonda etilgan shirin olma qo‘shib tayyorlangan bo‘lsa, ichim sanoqli soniyalardayoq tugaydi. 100% tabiiy sharbat, shakar qo‘shilmagan. Naycha sharbatni to‘kmasdan ichishga yordam beradi. Sharbat Davlat standartlari va 3 yoshdan katta bolalar taomlari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatga ega.
Konservantlar va rang qo‘shilmagan.

Hajm:
200 мл



