Asosiy majburiyatlari:
HR-auditini o‘tkazish va HR-jarayonlarining joriy holatini diagnostika qilish. Xodimlarni boshqarish, jalb qilish, saqlab qolish va rivojlantirishdagi zaif joylarni aniqlash. Rahbarlarni «inson» omili bilan bog‘liq masalalarni (Nomzodlar Profilini moslashtirish, nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish (ikkilamchi suhbat), moslashtirish, ishga yollash, rivojlantirish va o‘qitish) hal qilishida qo‘llab-quvvatlash.
Xodimlar bo‘yicha KPI joriy qilish va xodimlar samaradorligini baholashda ishtirok etish. Muntazam baholash tizimini (Performance Review / 9-box va b.) tuzish. L&D (O‘qitish va Rivojlantirish) strategiyasini ishlab chiqish. Biznes maqsadlariga yo‘naltirilgan o‘qitish strategiyasini belgilash (samaradorlik, kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish, kompetensiyalarni oshirish). O‘qitish tizimini noldan boshlab qurish. Muntazam o‘quv tadbirlarini tashkil etish: ustoz-shogird tizimi, ichki o‘qitish (shu jumladan “peer to peer”), vebinarlar / videodarslar yozuvlari, tashqi trenerlar va e-learning (imkon qadar). O‘qitishdan keyingi baholash formatlarini joriy qilish (testlar, amaliyot, rahbarlardan qayta aloqa).
Korporativ madaniyat bilan ishlash. Top-menejment uchun deshbordlar va muntazam hisobotlarni shakllantirish.
Shartlar:
- Barqaror, raqobatbardosh ish haqi.
- Besh kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
- Ahil, serg‘ayrat jamoa.
Talablar:
- Shunga o‘xshash lavozimda kamida ikki yillik ish tajribasi.
- Mehnat qonunchiligini bilish.
- Rus va o‘zbek tillarini bilish.
- MS Office dasturlarini mukammal bilish.