Natural Juice kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyati 20 yildan oshadi, brendlari esa mamlakatning sharbatlar va ichimliklar bozorida yetakchi o‘rinlarni egallab keladi.
Mahsulotlarimizning sifati va ta’mi qat’iy ishlab chiqarish standartlariga, korxonalarimizda ehtiyotkorlik bilan qayta ishlangan tabiiy mevalarga, dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining yuqori texnologiyali uskunalariga va katta tajribaga ega professionallardan iborat jamoamizga asoslanadi.
Biz aseptik karton qadoqda sharbat va nektarlar, shuningdek, PET qadoqda aseptik to‘ldirilgan sharbatli ichimliklar va sovuq choylar ishlab chiqaramiz. Kompaniya portfelida mamlakatda yaxshi tanilgan va sevilgan brendlar — Сочная Долина, Viko, Muzy, Pro100 Sok va Up mavjud.
Biz yuqori sifatli mahsulotlar yaratamiz va muvaffaqiyatli biznes quramiz. Mahsulotlarimizni nafaqat O‘zbekiston bo‘ylab, balki uning tashqarisiga ham yetkazib beramiz.
Kompaniya assortimentini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.


















