0%
UZ
+998 (78) 120-37-37
30.12.2025

Yangi yil arafasidagi ezgu ishlar

“Сочная Долина” va “Muzy” brendlari orqali xaridorlarimizga yaxshi tanish va ularning muhabbatini qozongan “Natural Juice” kompaniyasi @Mehrnurlari koʻngillilar xayriya aksiyasiga qoʻshildi va 103-maktab-internat bolalariga bayram sovgʻalarini taqdim etdi.

Aksiya doirasida bolalar uchun teatrlashtirilgan tomosha tashkil etilib, kunni ertak va sehrli muhitga to‘ldirdi. Shuningdek, bayram dasturxoni yozilib, bolalarga yangi yil sovg‘alari topshirildi hamda bayram “Muzy” ichimliklari bilan yanada fayzli bo’ldi. Tadbir samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi, bolalarga ko‘plab ijobiy hissiyotlar ulashdi. Tarbiyalanuvchilarning yuzidagi tabassum, quvonch va samimiy baxt ushbu uchrashuvning eng katta natijasi bo‘ldi.
Bunday loyihalarda ishtirok etish “Natural Juice” kompaniyasining ijtimoiy mas’uliyatining muhim qismidir. Birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali biz bolalarni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shib, jamiyatda g‘amxo‘rlik va ijtimoiy mas’uliyat madaniyatini rivojlantirishga intilamiz.