Natural Juice kompaniyasi Westminster talabalari uchun eshiklarini ochdi
Natural Juice kompaniyasi Toshkentdagi Westminster xalqaro universiteti Karyera markazi bilan hamkorlikda talabalar uchun kompaniyaning ishlab chiqarish maydoniga ekskursiya tashkil etdi.
Tashrif doirasida talabalar sharbat va ichimliklar ishlab chiqarishning zamonaviy jarayonlari bilan tanishdilar. Natural Juice mutaxassislari zavodning asosiy uchastkalari bo‘ylab ekskursiya o‘tkazib, texnologik jarayonlar, sifat standartlari va mahsulot ishlab chiqarish xususiyatlari haqida ma’lumot berdilar.
Shuningdek, kompaniya tarixi va rivojlanishiga, Natural Juice tomonidan ishlab chiqarilayotgan brendlarga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar sharbat va nektarlar qanday yaratilishi, mahsulot do‘kon rastalariga yetib borguncha qanday bosqichlardan o‘tishi hamda mahsulot sifati va xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar haqida ko‘proq ma’lumot oldilar.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar kompaniya mutaxassislariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniga ega bo‘ldilar — ichimliklar industriyasidagi karyera, marketing, ishlab chiqarish va brendlarni rivojlantirish masalalari haqida.
Ekskursiya Natural Juice mahsulotlari degustatsiyasi bilan yakunlandi. Unda talabalar kompaniya assortimentidagi mashhur ta’mlarni tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.
Natural Juice kompaniyasi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikka va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratadi. Bunday tashabbuslar talabalarga haqiqiy ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish va industriya doirasidagi professional rivojlanish imkoniyatlarini ko‘rish imkonini yaratadi.





