0%
UZ
+998 (78) 120-37-37
30.12.2025

Insonlar — bizning kuchimiz: “Natural Juice” o‘z xodimlarini e’tirof etdi

“Natural Juice” kompaniyasi 10 yildan ortiq vaqt davomida kompaniyada faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarini faxr bilan e’tirof etdi. Tantanalı muhitda ularning yuksak professional mahorati, mas’uliyati va ishga bo‘lgan sadoqati uchun chuqur minnatdorlik bildirildi. Aynan shu fazilatlar kompaniyaning barqaror rivojlanishining mustahkam asosi bo‘lib kelmoqda.
“Natural Juice” rivojiga qo‘shgan hissasi uchun 29 nafar xodim sovg‘a sertifikatlari bilan taqdirlandi, shuningdek, kompaniya rahbariyati tomonidan samimiy minnatdorlik so‘zlari bildirildi. Rahbariyat ta’kidlashicha, aynan shunday mutaxassislar kuchli korporativ madaniyatni shakllantiradi, o‘z tajribalarini yosh hamkasblarga yetkazadi va haqiqiy jamoaviy ishning yorqin namunasiga aylanadi.
«Insonlar — “Natural Juice’ning” eng katta qadriyatidir. Sizning mehnatingiz, kompaniyaga bo‘lgan sadoqatingiz va sifatga intilishingiz hamkorlarimiz hamda mijozlarimiz orasida biz erishgan ishonch darajasini yaratmoqda», — deya ta’kidladi kompaniya rahbariyati vakillari.
“Natural Juice” xodimlar mehnatini qadrlash, ularning professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda umumiy qadriyatlar, mas’uliyat va mukammallikka intilish asosida kuchli jamoani shakllantirish an’analarini izchil davom ettirmoqda.
Bunday tadbirlar kompaniya korporativ madaniyatining muhim qismi bo‘lib, inson kapitalining barqaror rivojlanishdagi asosiy strategik resurs ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.