“Сочная Долина” — sevimli ta’mlar endi yangi formatda!
“Сочная Долина” brendi yangi bosqichni boshlab, sharbat va nektarlarni zamonaviy 450 ml PET formatida taqdim etadi.
Yangi liniya iste’molchilar tomonidan uzoq vaqtdan beri sevilib kelayotgan uchta mashhur ta’m bilan boshlanadi:
Olma — har kun uchun mos klassik lazzat
Rezavorlar miksi — boy va yorqin o‘rmon rezavorlarining ta’mi
Ananas — ekzotik ta’mlarni yoqtiradiganlar uchun tetiklantiruvchi tanlov
450 ml yangi format — bu qulaylik va hajmning mukammal uyg‘unligidir. Yengil PET-qadoq qo‘lda ushlashga qulay, uyda, ishda yoki yo‘lda iste’mol qilish uchun mos bo‘lib, faol hayot tarziga juda mos keladi.
PET-liniyaning ishga tushirilishi “Sochnaya Dolina” brendi rivojidagi navbatdagi qadam bo‘lib, iste’molchilar uchun tanlov imkoniyatlarini kengaytiradi, shu bilan birga barqaror sifat va sevimli ta’mlarni saqlab qoladi.
Yangi format tez orada butun mamlakat bo‘ylab do’konlarda sotuvga chiqariladi.





