0%
UZ
+998 (78) 120-37-37

Sifat nazorati va sertifikatlar

  • https://naturaljuice.uz/wp-content/uploads/2025/09/IMG_0501-768x1024.jpg
    Zamonaviy texnologiyalar

    Mahsulot sifati nazorati ishlab chiqarish jarayonlarining eng muhim bosqichi hisoblanadi. Ishlab chiqarishda 2 ta fizik-kimyoviy va mikrobiologik laboratoriyalar mavjud. Ularning mutaxassislari har kuni ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini tekshirib, ularning oziq-ovqat xavfsizligini kafolatlaydi. Biz mahsulotimizni taʼmi, hidi, va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha nazorat qilamiz, tarkibidagi qand miqdori, kislotaliligi, rN bo‘yicha GOST talablariga muvofiqligi bo‘yicha tahlillar o‘tkazamiz. Mikrobiologlar barcha xom ashyo, idishlar, uskunalar, kiyim-kechak va mahsulotlarni sanitariya talablariga muvofiqligini nazorat qiladi.

  • https://naturaljuice.uz/wp-content/uploads/2025/09/IMG_0501-768x1024.jpg
    Rasmiy sertifikatlashtirish

    Kompaniya mahsuloti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Bosh tibbiyot boshqarmasining Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi tomonidan rasmiy sertifikatlangan. Bu “Сочная Долина” sharbatlari va nektarlari sanitariya-kimyoviy, zaharli moddalar, pestitsidlar tarkibi, bakteriologik, parazitologik a radiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha GOST va uch yoshdan katta bolalar oziqlanishi uchun muvofiq ekanligini anglatadi. Bu oddiy so‘zlar emas- siz o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun tanlagan mahsulot uchun xotirjam bo‘lishingiz uchun bizda rasmiy hujjatlar bor.